Interpol: 800 ming muhojir Liviyadan YeIga jo‘nashga tayyor

Jahon 16:46 / 18.05.2016 3155

800 ming muhojir Liviyadan Yevropaga jo‘nashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, ularning orasida terrorchilarning o‘tishi mumkinligi Yevropada terroristik hujum xavfini oshiradi. Bu haqida Sky News ma'lum qildi. 

"Muhojirlarning noqonuniy yo‘l bilan Yevropaga o‘tishi va terrorizm o‘rtasida bog‘liqlik borligi isbotlanmagan bo‘lsa-da, muhojirlar marshrutiga xorijiy jangarilarning qo‘shilish xavfi ortadi", - deyiladi ma'ruzada. 

Birlashgan Qirollikning Mustaqillik Partiyasi vakili Stiven Vulfning ma'lum qilishicha, "Interpol va Yevropolning hamkorlikdagi mazkur ma'ruzasi 800 ming liviyalikning YeIga o‘tish uchun navbatga turganidan dalolat beradi".

U Yevropadagi yangi terroristik hujumlar vaqtga bog‘liqligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: