Ingliz va fransuz tili bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi

Jamiyat 15:44 / 18.05.2016 13324

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili va adabiyoti hamda fransuz tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qildi.

Oliy o‘quv yurtlarining ingliz va fransuz tilini puxta egallagan eng bilimdon talabalari 4 ta shart: tilini o‘rganayotgan mamlakat haqida suhbat (Buyuk Britaniya va Fransiya), 10-12 daqiqa davomida badiiy filmdan parcha ko‘rish va mazmunini yozma bayon etish, 50 ta savoldan iborat test va o‘zbek, rus tilidagi matnni tarjima qilish davomida bor bilimlarini ishga solishga harakat qildilar.

Yakuniy natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Frantsuz tili va adabiyoti:
1-o‘rin—Atasheva Gulshoda, Urganch davlat universiteti;
2-o‘rin —Xashimova Zarina, O‘zbekiston Milliy universiteti;
3-o‘rin—Aliyeva Zahro, Buxoro davlat universiteti.

Ingliz tili va adabiyoti:
1-o‘rin— Xotamov Hoshimbek, Farg‘ona davlat universiteti;
2-o‘rin—Sobirova Shahnoza, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
3-o‘rin—Kim Maksim, Andijon davlat universiteti.

 

 

Suratlar muallifi: Madina Nurman

Ko‘proq yangiliklar: