Marhum qiziqchining qizi Intizor Tojiboyeva “Daryo” nashriga bergan intervyusida Avaz Oxun va dadasini “ustoz” deb yurgan boshqalar aslida qiziqchi vafot etganidan so‘ng uning oilasidan xabar olmagani, hatto Tojiboyevlar oilasi haqida ularning ma'lumotga ham ega emasligini iddao qildi.
Intizor Tojiboyeva suhbat davomida dadasini yodga olarkan, umrining so‘nggi kunlarida shifokor nazoratida bo‘lganligi, ancha yillar davomida davolganganligi, tuzalib ketsa, konsert berish niyati bo‘lganligini aytib, dadasi haqida tarqalgan “Xojiboy Tojiboyev qasddan o‘ldirilgan”, “avtohalokatda vafot etgan” kabi mish-mishlarni inkor etdi.
“Dadangizning vafotidan so‘ng qaysi shogirdi qo‘llab-quvvatlab turdi?”, degan savolga Intizor Tojiboyeva hech kim yo‘qlamagani, hatto Avaz Oxun Hojiboy Tojiboyevning ko‘p marotaba “ustozim” deb, biror marta uning oilasidan xabar olmaganini ta'kidlagan.
- Faqat “Shogirdiman!”, deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qayerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo‘shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma'lumotga ham ega emas, deydi suhbat davomida Intizor Tojiboyeva.
Yodingizda bo‘lsa, bir oz avval saytimiz orqali intervyu bergan qiziqchi Valijon Shamshiyev ham Hojiboy Tojiboyevning “soxta shogirdlari” haqida so‘zlab bergandi.