Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Ellikqal'a tumanida tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 15:27 / 18.05.2016 10296

Har bir xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an'ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muzeylar muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro muzeylar kengashining bosh konferensiyasi qaroriga muvofiq 18 may - Xalqaro muzeylar kuni sifatida butun dunyoda 1977 yildan beri nishonlanib kelmoqda.

Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Ellikqal'a tumanidagi S.P.Tolstov nomidagi arxeologiya va tarix muzeyida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tadqiqotchi olimlar, arxeologlar, tarixshunoslar,  o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari arxeologiya va tarix muzeyidan joy olgan tarixiy obidalardan topilgan asori - atiqalar, mahalliy xalqlar amaliy san'ati na'munalari va etnografiyasiga oid buyumlar hamda tumanda bo‘lib o‘tgan tadbirlar, anjumanlar aks ettirilgan stendlar, video va kino tasmalaridan iborat 3000 ga yaqin eksponatlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bayram munosabati bilan muzey jamoasi 2 kun davomida aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.   

 Shuningdek Bo‘ston shaxrida joylashgan “Ochiq osmon ostidagi muzey”, Bo‘ston akademik litseyidagi “Muhammad Yusuf” nomidagi, Ellikqal'a san'at va pedagogika kollejidagi “Otajon Xudoyshukurov” muzeylarida  Xalqaro muzeylar kuni keng nishonlandi. Sana munosabati bilan tumanda barpo qilingan muzeylar fondini yanada boyitish, Respublikamizdagi muzeylar bilan bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muzeylarga mahalliy hamda chet ellik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish ustida olib borilayotgan ishlar samarasi tadbir ishtirokchilari tomonidan  keng muhokama qilindi.

Dilshodbek Jumaniyozov.

Ko‘proq yangiliklar: