Finlandiya qochoqlar markazlaridan 2,5 mingdan ortiq muhojir g‘oyib bo‘lgan

Jahon 16:53 / 18.05.2016 4449

Finlandiya markaziy kriminal politsiyasi, qochqinlarni qabul qilish markazlarida kun kechirib kelgan 2,5 mingdan ortiq muhojir yo‘qolib qolgani xususida ma'lum qilmoqda, deb xabar qilgan Yle telekompaniyasi.

Mamlakat IIV vakili Paivi Nergning bayonot berishicha, uning ma'muriyati qochib ketgan muhojirlar Yevropaning boshqa davlatlariga o‘tishi yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishidan xavotirlanmoqda. Ayni vaqtda, ichki ishlar xodimlari qochqinlarni qidirish ishlari bilan band. 

Muhojirlarning markazlarni tark etish davriga oydinlik kiritilmagan. 

Qayd etish kerak, Yevropa ikkinchi jahon urushi davridan so‘nggi eng yirik migratsiya inqirozini boshidan kechirmoqda. Bunga, Yaqin sharq va shimoliy Afrikadagi qurolli to‘qnashuvlar sabab bo‘lyapti. 

YeS Frontex chegaraoldi agentligining ma'lum qilishicha, 2015 yili YeIga 1,8 mln muhojir kirib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: