Ekvador g‘arbida 6,7 magnitudali zilzila ro‘y berdi

Jahon 15:07 / 18.05.2016 3768

AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma'lumotiga ko‘ra, Ekvador g‘arbida 6,7 balli zilzila berdi.

Yer osti silkinishi mahalliy vaqt bilan 18 may kuni soat 07:57da (Toshkent vaqti bilan soat 12:57) ro‘y bergan. Zilzila markazi Muisne shahridan 26 km g‘arbda joylashgan, chuqurligi 10 km.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q. Tsunami xavfi haqida ma'lum qilinmagan.

16 aprel kuni Ekvadorda 7,8 balli kuchli zilzila ro‘y bergan, bu tabiiy ofat 659 kishini hayotdan olib ketgandi. Bu zilzila markazi ham Muinse shahri yaqinida (28 km janubi-g‘arbda) joylashgandi.

1979 yildan buyon mamlakat tarixidagi eng kuchli yer silkinishi oqibatida dengiz bo‘yi shaharlari Guayakil, Portovexo va Mantaga eng ko‘p zarar yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: