Dunyoning bosh "taksichi"si Kannda Ukraina haydovchilik guvohnomasi bilan ushlandi

Jamiyat 00:10 / 18.05.2016 12685

"Taksi" filmi yulduzi, fransiyalik aktyor Sami Naseri Kanndagi Kruazet sohilbo‘yida ushlandi. Bu haqda Le Point nashri xabar berdi

Politsiya aktyorni hujjatlarni tekshirish maqsadida to‘xtatdi va aktyor politsiyachilarga Ukraina haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatdi. Ma'lum qilinishicha, Naseri yo‘l harakati qoidalarini ko‘plab marotaba buzgani uchun Fransiya haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.  

Naseri politsiya bo‘limiga borishiga to‘g‘ri kelgan. Biroq u ko‘p ushlab turilmadi va 20 daqiqadan keyin qo‘yib yuborildi.

"Agar guvohnomam bo‘lmaganda, politsiyachilar meni bunchalik tez qo‘yib yubormagan bo‘lardilar. Men Ukraina guvohnomasini filmda suratga tushgan vaqtimda olganman", deb aytdi aktyor.

Naseri muntazam ravishda qonun bilan muammolarga duch keladi va mast holatda mashina haydash yoki mushtlashish uchun qamoqqa tushadi. 2015 yil martida u sobiq rafiqasi bilan janjallashgani uchun hibsga olingandi. Aktyor 2007 yilda tungi klub qo‘riqchisiga suiqasd qilgan, 2008 yilda esa Parijda politsiyachini urib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: