Britaniya mahbuslari oyning yakshanba kunlari qamoqxonaga kelishlari mumkin bo‘ladi

Jahon 17:27 / 18.05.2016 3546

Buyuk Britaniya jinoiy jazolarni ijro etish tizimida olib borilayotgan islohotlar, mahbuslar qamoqxonaga haftaning yakshanba kuni kelib, boshqa vaqtlarda uylarida istiqomat qilishiga izn berishi mumkin, deb yozmoqda The Telegraph gazetasi.

Xabar qilinishicha, ushbu qonun loyihasi tashabbusini qirolicha Yelizaveta II 18 maydagi chiqishida e'lon qilishi kutilmoqda. 

Nashrning izoh berishicha, mahbuslarni sun'iy yo‘ldosh orqali kuzatish bo‘yicha yangi avlod tizimi mazkur rejalarni amalga oshirishga imkon beradi. Uskunalar sinovi sentabr oyidan politsiyaning 8ta okrugida boshlanadi. Shundan so‘ng, mamlakat qamoqxonalariga tarqatiladi. 

Ma'lum qilinishicha, ushbu islohotlar, Britaniya Viktorian boshqaruvi davri qamoq tizimidagi eng yirik qayta qurish hisoblanadi. Bosh vazir Devid Kemeron, bu choralar jazoni o‘tash borasida "inqilob" yaratadi va mahbuslarni kun davomida ishlashiga imkon beradi, degan fikrlarni ilgari surgan. Biroq ayrim konservatorlarning fikricha, bunday choralar jinoyatchilarga nisbatan yumshoqlikni anglatadi.

Ko‘proq yangiliklar: