Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 19-27 may kunlarida Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda "Jahon" AA xabar tarqatgan.
O‘zbekistonliklar terma jamoasi tarkibidan Yodgoroy Mirzayeva, Dilnozaxon Odiljonova, Aziza Yokubova, Muhayyo Esanbayeva, Maftuna Meliyeva, Xatuna Jumaboyeva, Shahnoza Nizamova, Nafizaxon Askarova, E'zoza Meliyeva va Go‘zal Ismatova joy olgan.
Terma jamoaning murabbiylar shtabi Rahmatjon Ro‘zioxunov, Dilmurod Hasanov va Kamoliddin Mutalovdan iborat.
Ostonadagi turnirda dunyoning 64 mamlakatidan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Chempionatda Rio-de-Janeyro olimpiadasi uchun 12ta yo‘llanma o‘ynaladi.