Avtomobil o‘rindiqlari aqlliroq va xavfsizroq bo‘ladi

Fan-texnika 16:25 / 18.05.2016 6216

Avtomobil o‘rindiqlari shundoq ham o‘z vazifasini ajoyib tarzda bajarayotgan bo‘lsa, ularni takomillashtirish shartmikan, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Biroq BeBop Sensors kompaniyasi muhandislari bunday fikrda emas. Shu boisdan ham ilmiy laboratoriyalarda ishlab chiqilgan tizimli o‘rindiqlar, unda katta yoshli kishi yoxud bola o‘tiribdimi yoki shunchaki do‘kon paketlari turganini yuqori aniqlik bilan biladi. 

BeBop Sensors xodimlarining fikricha, bugungi kun avtomobil o‘rindiqlari aslida axmoqligi sabab, talabga javob bermaydi. Ularni aqlliroq qilish uchun  OCS (Occupant Classification System) tizimi ishlab chiqildi. U 1 mm qalinlikdagi chexol ko‘rinishida bo‘lib, yuzlab turli sensorlardan ishlab chiqarilgan. Mazkur tizim, yo‘lovchining o‘lchami, vazni hamda uning chexol ustidagi har qanday harakatini kuzatib tura oladi. Shu bilan birga, sensor o‘rindiqqa bolalar kreslosi yoki sumka qo‘yilganini ham ajrata oladi. 

Avtomobil bortkompyuteri avtohalokat vaqtida OCS tizimi yordamida xavfsizlik yostiqchasini, yo‘lovchining vazni, yoshi va egallagan holatidan kelib chiqib aniqroq yo‘naltiradi. Bu esa, yo‘llardagi xavfsiz sayohatlar sonini ko‘paytiradi. Ayni vaqtda, BeBop Sensors yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan o‘z ixtirosini qo‘llash borasida faol muzokaralar olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: