«Aston Villa» hafta oxiriga qadar 60 mln funtga sotib yuborilishi mumkin

Sport 14:38 / 18.05.2016 3348

«Aston Villa» jamoasi xo‘jayini Rendi Lerner jamoani sotib yuborish niyatida.

Amerikalik Lerner xitoylik biznesmenlar bilan jamoani 60 million funt evaziga sotish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu borada kelishuvga shu hafta oxirida erishilishi kutilmoqda.

Xaridorlarning nomi sir tutilmoqda, ular ayni vaqtda birminhemliklarning moliyaviy hisobotini o‘rganib chiqishmoqda.

Jamoa yangi xo‘jayinlar tasarrufiga o‘tganidan keyin yangi bosh murabbiy nomi ham ma'lum bo‘lishi kutilmoqda.

Lerner 10 yil oldin «Aston Villa» xo‘jayiniga aylangandi. Joriy mavsumda jamoa ilk marta yuqori ligani tark etdi va chempionshipga tushib ketdi. Shundan so‘ng u jamoadan qutilishga qaror qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: