AQSh harbiy samolyoti Rossiya cheragasiga yaqinlashdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
AQSh harbiy-havo kuchlarining RC-135 razvedkachi samolyoti Kaliningrad viloyati sohilbo‘yiga yaqinlashdi.
Ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniya aviabazasidan havo ko‘tarilgan samolyot ayni vaqtda Boltiq dengizining janubiy qismida topshiriq bajarmoqda.
Ma'lum qilinishicha, samolyotni ushlash uchun Kaliningraddagi avivabazadan Su-27 samolyoti havoga ko‘tarilgan. AQSh samolyoti yoqiq holdagi transponder bilan uchgan va uni radarda kuzatish mumkin bo‘lgan.