AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan unga muntazam ravishda bildirilayotgan tanqidlariga javob berdi. Tramp Obamani butun tarix davomidagi AQShning eng yomon prezidenti deb atadi.
Bu haqda milliarder o‘zining tvitterida yozdi.
"Siyosatda ham, hayotda ham johillik – bu yaxshi fazilat emas. Bu prezident Obama AQShning eng yomon prezidenti hisoblanishining eng asosiy sababidir", deb aytdi Trapm.
Avvalroq Obama Trampning bir qator gaplarini amerika qadriyatlariga xoinlik deb hisoblashini aytgandi.