Shimoliy Koreyada yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi

Jahon 19:54 / 17.05.2016 4108

Shimoliy Koreyaning yangi tashqi ishlar vaziri etib Li Yon Xo tayinlandi. Li Yon Xo yaqin o‘tmishda Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturi bo‘yicha bosh muzokarachisi va Buyuk Britaniyadagi sobiq elchisi bo‘lgan. Bu haqda 17 mayda ma'lum qilindi.

Yangi tashqi ishlar vaziri tayinlangani Shimoliy Koreya tomonidan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligiga jo‘natilgan rasmiy xabarnomada aytilgan. Li Yon Xo avval Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagan, mamlakatni Shimoliy Koreya yadroviy dasturi bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarda taqdim qilgan, 1990-yillarda AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etgan.  

Britaniya tashqi ishlar vazirligiga yuborilgan hujjatda endilikda sobiq tashqi ishlar vaziri Ri Su Yon egallagan yangi lavozimi haqida hech narsa deyilmagan. 

Ba'zi tahlilchilarning fikricha, tashqi ishlar vazirining almashtirilishi Pxenyanning xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlarni normallashtirishga urinishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy sinovlar o‘tkazilishi, bir nechta raketalar uchirishi unga nisbatan BMT va bir qator davlatlar tomonidan yangi keskin sanksiyalar kiritilishiga olib keldi.

Ko‘proq yangiliklar: