«Madad» sug‘urta agentligi litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekiston 10:03 / 17.05.2016 5871

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Madad" xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sug‘urtalash agentligi AJning litsenziyasini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. 

Moliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ma'muriyat «Madad» sug‘urta kompaniyasining ish faoliyatiga ruxsat beruvchi guvohnoma kuchini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida buyruq bergan. 

"Madad" xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sug‘urtalash agentligi AJga 2015 yil 20 oktabrida berilgan litsenziya 2016 yil 13 mayida 10 kun muddatga to‘xtatilgan.
Mazkur qaror nima sababdan qabul qilingani oydinlik kiritilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: