AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya prezidenti Bashar Asadni BMT Xavfsizlik kengashining Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasini buzganlikda aybladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Bugun janob Asad BMT Xavfsizlik kengashining 2464- rezolyutsiyasini buzdi. Gap shundaki, bu rezolyutsiya o‘t ochishni to‘liq o‘chirishga, biror-bir instisnosiz nafaqat bitta joyda, balki butun mamlakat bo‘ylab jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi va o‘t ochishni to‘xtatish tartibi, avval aytilganidek, butun mamlakat bo‘ylab qo‘llab-quvvatlanishi kerak", deb aytdi Kerri.
Kerrining fikricha, Asad harbiy kuchlarining Halab va ayniqsa neft konlari yaqinida zarbalar berishi rezolyutsiya bajaralishining tasdig‘i hisoblanmaydi.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner Asad hukumati "Jibhad an-Nusra" terrorchilik guruhidan Halabda tinchlik tartibini buzishda o‘zini oqlashda foydalanayotganini aytgandi.