Baker & Hostetler avdokatlik byurosi IBM kompaniyasi yaratgan robot-advokatni ishga oldi. Sun'iy ong bankrotlik jarayoni bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda Futurism.
ROSS deb nom olgan robot IBM tomonidan yaratilgan Watson tizimi negizida ishlaydi. Raqamli advokat inson nutqini tushunadi, axborotni qidira oladi, professional adabiyotga iqtibos keltirgan holda dalil va taxminlar keltira oladi. IBM’ning ta'kidlashicha, bu dunyodagi ilk robot-advokatdir.
Sun'iy yordamchi katta hajmdagi ma'lumotni saralab, eng zarurlarini qoldiradi. ROSS shuningdek ishlash jarayonida tezligini oshirib va qo‘shimcha malakalarni egallab takomillashib boradi.
Baker & Hostetler’ning axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori yangi texnologiyalar advokatlik byurosi taqdim qiladigan xizmatlar sifatini oshirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.