Xitoyda 17 kishi noqonuniy valyuta operatsiyalari uchun hibsga olindi

Jahon 23:20 / 17.05.2016 3723

Janubiy Xitoyning Dunguan shahri politsiyasi 28,7 mlrd yuanlik (4,4 mlrd dollar) noqonuniy valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda gumon qilinayotgan ikkita yashirin bankirlar guruhini hibsga oldi. Bu haqda " Sinxua" axborot agentligi ma'lum qildi

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar o‘z qarindoshlari tomonidan xorijda ochilgan hisob raqamlardan foydalangan holda noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullanishgan. 

130 nafar politsiyachi ishtirokidagi operatsiyalardan birida Dunguan shahri tarkibiga kiruvchi Chanpin va Tsinsi posyolkalarida 11 kishi hibsga olindi. Politsiya ulardan naqd pul ko‘rinishida 15 mln yuan (2,3 mln dollar) va 504 ming gonkong dollari (64,9 ming dollar) musodara qildi. 6 yashirin bankirdan iborat ikkinchi guruh Lyaobu va Dalan posyolklarida hibsga olindi.

Huquq-tartibot muassasalari umumiy hisobda 27,1 mln yuan (4,2 mln dollar) saqlangan 210 ta hisob raqamini muzlatib qo‘ydi.

Ko‘proq yangiliklar: