Germaniya termasining Yevro-2016 uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

Sport 19:57 / 17.05.2016 10346

Fransiya yashil maydonlarida 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadigan Yevro-2016 turniri yaqinlashgani sari ishtirok etuvchi terma jamoalar turnirga olib boriladigan futbolchilarini ma'lum qilmoqda.

Bugun turnir favoritlaridan biri bo‘lgan Germaniya terma jamoasining ushbu musobaqada qatnashishi mumkin bo‘lgan keygaytirilgan tarkibi e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, Bundestim bosh murabbiyi Yoaxim Lyov jamoaga quyidagi futbolchilarni nazoratdan o‘tkazadi va 30 may kuni 23 futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e'lon qiladi.

Darvozabonlar: Manuel Noyyer (Bavariya), Mark-Andre ter Shtegen (Barselona), Bernd Leno (Bayyer).

Himoyachilar: Jyerom Boateng (Bavariya), Emre Jan (Liverpul), Mats Hummels (Borussiya D), Yonas Hektor (Kyoln), Shkodran Mustafi (Valensiya), Antonio Rudiger (Roma), Erik Durm (Borussiya Dortmund), Benedikt Xovedes (Shalke 04).

Yarim himoyachilar: Karim Bellarabi (Bayyer), Joshua Kimmix (Bavariya), Sami Xedira (Yuventus), Toni Kroos (Real), Mesut O‘zil (Arsenal), Yulian Vaygl (Borussiya D), Bastian Shvaynshtayger (MYu), Yulian Draksler (Volfsburg), Leroy Sane (Shalke 04), Yulian Brandt (Bayyer).

Hujumchilar: Mario Gomes (Beshiktosh), Mario Gyottse (Bavariya), Tomas Myuller (Bavariya), Lukas Podolki (Galatasaroy), Marko Roys (Borussiya D), Andre Shyurrle (Volfsburg).

Eslatib o‘tamiz, Germaniya termasi turnirning "S" guruhida Ukraina, Polsha va Shimoliy Irlandiya bilan kuch sinashadi.

Ko‘proq yangiliklar: