Yevropada o‘zbeklar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi

Jamiyat 10:34 / 17.05.2016 8298

“Davra” nomidagi nemis-o‘zbek madaniy jamiyati tashabbusi bilan 2016 yilda to‘rtinchi marotaba tashkil etilgan “Yevropadagi o‘zbeklar o‘rtasidagi futbol turniri”da Yevropaning turli davlatlarida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan 200 nafardan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirok etdi. 

Musobaqada FC Davra, FC TIIM (Tashkent institute of irrigation and melioration), FC Nihol, FC UZB United, FC Praga, München, Rhein Main United va boshqa jamoalar ishtirok etgan.

Musobaqa o‘zaro do‘stona va sof raqobat asosida o‘tdi.

Unda faxrli 3-o‘rinni FC TIIM (Tashkent institute of irrigation and melioration) va FC Nihol jamoalari, 2-o‘rinni Rhein Main United jamoasi, 1-o‘rinni va turnir kubogini München jamoasi qo‘lga kiritdi.

Turnir yakunida musobaqa ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. FC TIIM (Tashkent institute of irrigation and melioration) jamoasi darvozaboni Dilshod Dadaboyev “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasida, München jamoasi hujumchisi Muxtor Eshmatov “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasida tengsiz deb topildi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: