Erdo‘g‘an: Turkiya Suriya va Iroqda IShIDga qarshi mustaqil kurasha oladi

Jahon 23:06 / 17.05.2016 4690

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya agar AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya yordam ko‘rsatmaydigan bo‘lsa, IShID terrorchilik guruhi jangarilari bilan Iroq va Suriyada mustaqil ravishda kurasha olishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Biz IShIDni yutamiz. Biz Kilisga raketa zarbalarini bartaraf etishda yordam olmasak, bu muammoni mustaqil hal qilamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya xavfsizlik kuchlari Suriya va Iroqda IShIDning 3 ming jangarisini yo‘q qilganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: