YeI Komissiyasining energetik ittifoq bo‘yicha vitse-prezidenti Marosh Shevchovich 18 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif dasturida ikki tomonlama va mintaqalar aro shakllardagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, tashqi ishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitisiya va savdo vazirliklarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Yevroittifoq delegatsiyasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekiston neft va gazi» xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.