Angliya premer-ligasining tvitterida yangi mavsumdan qo‘llaniladigan yangilangan logotiplar orasidan tanlangan logiotip namoyish etildi.
Bu logotip futbolchilarning liboslarining yelka qismida joylashtiriladi.
Bu logotip APLga 1992 yilda asos solinganidan beri foydalanib kelingan logotipni almashtiradi. Kelgusi mavsumdan boshlab liganing rasmiy nomidan Barclays homiylik qo‘shimchasi olib tashlanadi.
Logotip dizayni DesignStudio va Robin Brand Consultants agentliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, Premer-liga yangi strategiyasining bir qismi hisoblanadi.