Siemens kompaniyasi kichik ustaxonadan to transmilliy konserngacha uzoq yo‘l bosib o‘tganligi bilan mashhur. Bu har doim ham oson bo‘lmagan, o‘z vaqtida korxona tashkilotchilari ko‘p ayblovlar hamda boshqa qiyinchiliklarni boshdan kechirishgan.
Siemens'ning yaratilishi
1847 yilning kuzida Verner fon Simens va Iogann Georg Halske "Siemens & Halske" deb nomlangan firmaga asos solishadi. Bu Morze alifbosining ajoyib muqobilini taklif etgan elektrotelegraf korxona bo‘lgan.
Dunyodagi ilk elektron lift va trolleybuslar
Varner elektrotexnika rivojiga qo‘shgan hissasi tufayli nom qozongan. IX asrning 80-yillarida u dunyodagi birinchi liftni yaratdi. Verner shuningdek trolleybus ixtirochisi hamdir. Kompaniyaning ikkinchi asoschisi Iogan Georg Halske nemis mexanigi bo‘lgan. Kompaniya ochilgunga qadar u Berlinda o‘z ustaxonasiga ega bo‘lgan. Halske elektrojihozlar qurilishi va loyihalashtirilishida faol qatnashgan. 1867 yilda u Simens bilan qarashlari to‘g‘ri kelmagani bois kompaniyani tark etadi va o‘zini shahar ma'muriyati ishlariga bag‘ishlaydi.
Rossiyadagi telegraf tarmog‘i
1848 yilda Siemens Yevropada birinchi xalqaro telegraf tarmog‘ini barpo etadi. Ikki yildan so‘ng Vernerning kichik ukasi Karl Simens ingliz poytaxtida ushbu firma ishlarini yo‘lga qo‘yadi. 50-yillarda esa telegraf tarmog‘i Rossiyada ham qurildi.
Kompaniya elektrostansiya va transport turlari uchun elektrotexnik uskunaga buyurtma oladi.
Elektropoyezdlardan tortib to konslagerlardagi lampochkalargacha
Simens kompaniyasi o‘z e'tiborini lampa va elektropoyezdlarga qaratib, o‘sish va rivojlanishda davom etdi. 1903 yilga kelib kompaniya Germaniya imperiyasida xodimlari soniga ko‘ra kattaligi bo‘yicha yettinchi o‘ringa chiqdi. Bir necha yil o‘tib lampochka ixtiro qilindi. 20- va 30-yillarda televizorlar, radiopriyomniklar va elektron mikroskoplarga navbat keldi.
Ikkinchi jahon urushining so‘nggi yillarida Berlinning ko‘plab zavod va fabrikalari havodan hujumga uchraydi. Shu munosabat bilan kompaniya boshqa xavfsizroq joyga ko‘chib o‘tadi. Bu muhim tovarlarning uzluksiz ishlab chiqarilishini ta'minladi. 1944 yilning oxiri 1945 yilning boshlarida Simensning deyarli 400ta zavodi faoliyat ko‘rsatardi.
Yangi texnologiyalar davri va korrupsiyada ayblanish
1950 yilda kompaniya kompyuter, kir yuvish mashinasi va kardiostimulyatorlar ishlab chiqarishga kirishdi.
1980 yilda ilk raqamli telefon stansiyasi ish boshlagan. 5 yildan keyin Siemens elektr jihozlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyani sotib oladi. 1991 yilda Nixdorf Computer AG qo‘lga kiritildi. Bir yildan so‘ng Siemens IBMning yarmiga egalik qiladi. 2001yilda Siemens Group tarkibiga braziliyalik Chemtech qo‘shib olindi. 2005 yil Siemens o‘zining BenQ mobil biznesini sotib, qo‘shma korxona tuziladi. Yana bir necha daromadli takliflar qo‘lga kiritiladi.
2007 yilning martida kompaniya boshqaruv a'zolaridan biri vaqtinchalik hibsga olindi va mehnat assotsiatsiyasini noqonuniy moliyalashtirishda ayblanadi.Uni garov puli evaziga qo‘yib yuborishdi.
Aprel oyida Simensning bir qismi Nokia bilan qo‘shma firma tuzadi, biroq Nokia Siemensga qo‘yilgan korrupsiya ayblovi sabab hamkorlikdan voz kechadi.
Ko‘p millionli kontraktlar
2009 yilning kuzida Siemens kompaniyasi Isroilning Solel Solar Systems korxonasini qo‘lga kiritadi. 2011 yilning sentabrida Siemens o‘sha payt Germaniyadagi barcha atom elektrostansiyalari (jami 17ta) qurilishi uchun mas'ul bo‘lib, “Fukusima 1”dagi falokatdan keyin yadro sohasidan chetlashishini e'lon qiladi.
2013 yil Simens Saudiya kompaniyasidan eng yirik shartnomani yutib oladi. Bu neft kompaniyasining 950 million dollardan ortiq summaga elektrostansiya elementlariga buyurtma bergishidir. Keyingi yil ham ma'lum ma'noda samarali keldi. Siemens Amerikaning Dresser-Rand Group neft sanoati jihozini sotib olmoqchi bo‘ladi.
Kompaniyaning mobil bo‘limi
2003 yilda kompaniya menejmenti qator xato qarorlar chiqargani bois vaziyat o‘zgara boshlagandi. Vaziyatni to‘g‘irlash o‘rniga o‘z ayblarini demagogik ritorika ortiga yashiradi.
Siemens yuzaga kelgan vaziyatning naqadar murakkabligini angalamagan deb aytolmaymiz. Biroq boshqa kompaniyalardan farqli o‘laroq, bu ishlab chiqaruvchi muammolarning yechimini izlamasdan, bu muammolarni boshqalarga yuklatishadi. 2002 yilda Simensning mobil bo‘limi osiyolik kompaniyalarning biriga qo‘shilishi haqida xabarlar paydo bo‘ladi. Bunga sabab sifatida bozorda kuchayib borayotgan raqobatni ko‘rsatiladi. Bozor bunday xabarlarga ko‘nikib qolgandi va kompaniya sotiladi degan fikrga ko‘nikkandi. Faqat xaridor hammani qiziqtirardi.
2005 yilning o‘rtasida bu xaridor BenQ kompaniyasi ekanligi ma'lum bo‘ldi, u mobil telefonlar bozorida hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan hamda faqat Osiyo bozorida tanilgan bo‘lgan. BenQ kompaniyasining asosiy biznesi JK-monitorlar chiqarishga asoslangandi.
Mo‘jizani kutib
2005 yilning birinchi yarmida Simensning mobil bo‘limi haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylandi, kompaniya kuniga 1.5 dan 2 millionov yevrogacha yo‘qotadi, dunyo bozoridagi ulushi 2005 yilning iyun oyiga kelib 5,4 foizgacha qisqaradi. Vaziyatni faqatgina mo‘jiza yoki mahsulotlarning muvaffaqiyatli qatori qutqara olardi.
Kompaniya o‘z holatlariga to‘g‘ri baho berib, ikkinchisiga umid bog‘lamadi. Bu vaqtga kelib telefon ishlab chiqaruvchilar soni maksimal darajada qisqartirilgan edi. Xatolarini to‘g‘irlash esa Simensga xos emasdi.
Sovg‘a
Simensning mobil tarmog‘i BenQ kompaniyasiga sovg‘a qilinadi. Sovg‘aga qo‘shib bitim shartiga ko‘ra 250 million yevro naqd va 50 million yevro kompaniya aksiyalarining topshirilishi kerak edi.
Shartnomaga binoan BenQ Simens mobil telefonlar savdo markasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi.
2005 yilning 1 oktabridan BenQ Mobile operatsion faoliyatini boshladi. Yangi kompaniya 2006 yilning oxirida daromad keltirishni boshlashi to‘g‘risida ishonch bilan aytadi. Keyingi oylar ikki kompaniyaning integratsiyasi juda sekin va yomon kechayotganini ko‘rsatadi. Mobil bo‘limini boshqa kompaniyaga topshirgan Simens o‘z tarixidagi bu sahifani yopadi.