Yangi mavsumdan "Bavariya"ni boshqaradigan Karlo Anchelotti o‘z vaqtida "Real" o‘rniga "Manchester Yunayted"da bo‘lishi mumkinligi haqida gapirib berdi.
"2013 yilda Aleks Fergyuson meni kechki ovqatga taklif qildi. U o‘ziga juda qimmat vino buyurtma qildi. Biroq men o‘shanda "Real" bilan muzokaralar olib borayotgan edim.
Istalgan murabbiy Madrid jamoasida tajribaga ega bo‘lish uchun ishlab ko‘rishi lozim. Agar ispanlar bilan muzokaralar bo‘lmaganda, men 100 foiz "MYu"ni boshqargan bo‘lardim.
"Chelsi" bilan Angliya chempionati va Kubogini yutdim, biroq bo‘shatib yuborishdi. "Real" bilan Chempionlar Ligasini yutdim, yana bo‘shatib yuborishdi. Faoliyati davomida bo‘shatilmagan birorta murabbiy yo‘q. Fergyuson, Lippi, Kapello, Mourino va Benitesni ham bo‘shatishgan.
Hozircha bo‘shatilmagan yagona murabbiy – Gvardiola. Biroq u hali juda yosh va bir kun albatta bo‘shatib yuborilgan murabbiylar klubimizni to‘ldiradi", deb aytdi Anchelotti.