"Barselona" himoyachisi, 14 mayda jamoa tarkibida Ispaniya chempionatini yutgan Dani Alves tarixda eng ko‘p unvon olgan braziliyalik futbolchi bo‘ldi.
Braziliyalik futbolchi 6 karra Ispaniya chempioni bo‘ldi. 33 yoshli futbolchi umumiy hisobda hozirgacha 30 ta unvonni qo‘lga kiritdi.
E'tiborlisi, Alves bu borada "futbol qiroli" Peleni ortda qoldirdi: qirolning hisobida "bor-yo‘g‘i" 29 ta unvon bor.