AQShning 3-prezidenti Tomas Jyeffersonning bir tutam sochi 7 ming dollarga sotildi

Jamiyat 08:02 / 15.05.2016 4699

Texasda o‘tkazilgan auksionda AQShning 3-prezidenti Tomas Jyeffersonning bir tutam sochi 6,9 ming dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Life.

Jyefferson soch tutami uning vafotidan deyarli 190 yildan keyin sotildi. Sochning egasi noma'lum bo‘lib qolishni istadi. Auktsiondan oldin antiqa lot 3 ming dollarga baholanayotgan edi.

2015 yil yanvarda AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning soch tutami Dallasdagi auksionda 25 ming dollarga sotilgandi. Auktsionga qo‘yilgan soch tutamini Linkoln 1865 yil 14 aprelda Jon But tomonidan otib o‘ldirilgandan keyin AQSh armiyasi tibbiy xizmati boshlig‘i Jozef Barns tomonidan qirqib olingandi.

Tomas Jyefferson AQSh mustaqillik Deklaratsiyasi muallifi va mamlakatning 3-prezidenti (1801-1809 yillar) hisoblanadi.

Jyeffersonning qiyofasi 100 dollarlik qog‘oz pulda tasvirlangan.

Ko‘proq yangiliklar: