2016 yil 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining hamda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi bo‘lajak tadbirlarda Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.