O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarda 12 ta poyabzal savdo uyini ochadi

O‘zbekiston 18:31 / 14.05.2016 12930

O‘zbek terini qayta ishlash va oyoq kiyimlari ishlab chiqarish korxonalarini birlashtiruvchi "O‘zbekcharmpoyabzali" assotsiatsiyasi joriy yilda xorijda o‘zining 12 ta savdo uyini ochishni rejalashtirmoqda, deya ma'lum qilgan tashkilot vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga. 

Bu yo‘nalishda Moskva asosiy shahar hisoblanadi. Bu yerda beshta shunday nuqta ochilishi kutilmoqda. 

"Garchi O‘zbekiston uchun 39 foizlik ko‘rsatkich bilan Xitoy asosiy eksport bozori bo‘lsada, 12 foizlik Rossiya bozori asosiy o‘rin tutishining bosh sababi, bu yerda tayyor mahsulotlar savdosi birinchi o‘rinda turadi. Xitoyliklar esa, asosan xom-ashyo va polufabrikatlar xarid qiladi. Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan erkaklar poyabzali anchagina mashhur. Shu yildan e'tiboran, bolalar oyoq kiyimlari savdosi ham yo‘lga qo‘yilgan va ularga talab ortib bormoqda", — deb qayd etgan agentlik manbasi. 

Rossiyadan so‘ng, Qozog‘istonda 4ta shunday savdo uyi ochiladi. So‘ngra, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoyda bittadan savdo uyi tashkil etiladi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yil birinchi choragida o‘zbek charm-poyabzal korxonalari 22,3 million dollarlik mahsulot eksport qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu o‘tgan yilgi shu davrga nisbatan 4,3 foizga ko‘p demakdir. Umuman, bu yil uyushma 190 mln dollargacha mahsulot eksport qilishni rejalashtirmoqda. 

2020 yilga kelib esa, eksport geografiyasi kengayib, 16ta mamlakatni tashkil etadi.  Joriy yilda 11 ta mamlakat bilan mahsulot yetkazib berish borasida shartnomalar imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: