Tojikistonda radioaktiv moddalar saqlanuvchi ikkita obekt ochildi

Jahon 18:19 / 14.05.2016 6864

Tojikistonda AQSh va Buyuk Britaniya ko‘magida radioaktiv moddalar xavfsiz saqlanuvchi ikkita obekt ochildi.

Omborlarning tantanali ochilishi 11 mayda Tojikiston Davlat radioaktiv chiqindilarni ko‘mish institutida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi AQShning Dushanbedagi elchixonasi.

Obektlar AQShning Tojikistondagi elchixonasi, AQSh energetika vazirligi yadroviy xavfsizlik milliy ma'muriyati, Buyuk Britaniya energetika va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Tojikiston hukumati tomonidan ochildi.

Bu tashabbus yadroviy va radioaktiv moddalarning terrorchilar qo‘liga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha kengroq sa'y-harakatlarning bir qismi hisoblanadi.

Obektlar ochilishida Tojikiston yadroviy va radiatsion xavfsizlik agentligi direktori O‘lmas Mirsaidov va Davlat radioaktiv chiqindilarni ko‘mish instituti direktori Asliddin Shonazarov obektlarning ancha takomillashtirilganini AQSh, Buyuk Britaniya va Tojikistonning yadroviy va radioaktiv terrorchilikning oldini olish ishida davom etayotgan hamkorligining namunasi ekanligini ta'kidlab o‘tishdi.

"Yaroqsiz va egasiz radioaktiv moddalar ayniqsa o‘g‘rilanish xavfiga uchraydi. Obektlarni modernizatsiyalashning yakunlanishi Tojikistonda bu moddalarni xavfsiz va ishonchli boshqarilishini mustahkamlaydi. Bu radioaktiv terrorchilik xavfini kamaytirish maqsadida davlatlarimiz o‘rtasida doimiy hamkorlik evaziga kattagina yutuq hisoblanadi", deb aytdi AQShlik vakil Enn Xarrington.

Ko‘proq yangiliklar: