AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiyaning xavfsizligiga rahna soluvchi tahdidlarni to‘xtatish haqidagi so‘zlaridan xavotirlanish bildirdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
Bu haqda AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uork aytib o‘tdi.
Uork bunday bayonotlar davlatlar o‘rtasida yuqori darajadagi keskinlik davrida qo‘shimcha muammolar keltirib chiqarishini ta'kidlab o‘tdi.
"Bu umumiy tasvirning bir qismi va biz ruslardan o‘z bayonotlari ustida mulohaza qilishlarini so‘rardik, chunki ular bilan ishlash niyatimiz bor. Biroq bunday tahdidlar bizni xavotirlanadi", deb aytdi Uork.
Avvalroq Putin AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining Yevropada joylashtirilishidan afsuslanish bildirgandi.