Moskvadagi qabristonlaridan biridagi otishmali janjalda 400 kishi qatnashgan

Jahon 17:43 / 14.05.2016 16649

Moskva shahri Xovan qabristonida sodir bo‘lgan ur-to‘polonda 400 kishi ishtirok etgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi Moskva shahar IIBB matbuot xizmati rahbari Sofya Xotinga asoslangan holda.

«Xovan qabristonidagi janjalda 400 kishi qatnashgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ziddiyat xizmat ko‘rsatish maqsadida qabriston hududini taqsimlash chog‘ida yuz bergan. Ayni vaqtda, qonunbuzarlikka chek qo‘yilgan». 

Xabar qilinishicha, janjal vaqtida otishma ham yuz bergan, bir necha kishi jabrlangan. 

Agentlikning huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga ko‘ra, qabristonga OMON bo‘linmalari safarbar etilgan. Ular janjalda ishtirok etgan 100dan ortiq kishini hibsga olgan. 

Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: