Musulmonlarning ko‘payish jarayoni o‘tgan asrdagidek tezlikda davom etsa, 2050 yilga kelib Kanada musulmon eng ko‘p yashaydigan davlatga aylanishi hech gap emas. Bu shunchaki tahmin emas, balki raqam va faktlarga asoslangan: 1854 yilda mamlakatda musulmonlar soni 3, 1871 yilda 17, 1921 yilda 478, 1951 yilda 1800, 1971 yilda 33 430, 1991 yilda 253 000, hozir 1,05 million nafarga yetdi.
“American Thinker” nashriga ko‘ra, har 10 yilda bu son ikki barobarga ko‘paymoqda. 1901 yilda umumiy aholining 0,0009 foizi, 2015 yilda esa 3,2 foizini musulmonlar tashkil qildi.
Manba: muslim.uz