Toshkent shahri piyodalar o‘tish joylarida yirik oynalar o‘rnatila boshlandi

Jamiyat 20:29 / 13.05.2016 19196

Toshkent shahri yo‘llarining piyodalar o‘tish joylarida maxsus yirik oynalar o‘rnatila boshlandi. Bular yo‘llardagi xavfsizlikni oshirishi kerak.

Shunday oynalarning birinchisi poytaxtdagi Kichik halqa yo‘lining Botkina qabristoni yaqinida o‘rnatilgan. Yumaloq va sferik oyna haydovchiga piyodalar o‘tish yo‘lagini to‘liq ko‘rish imkonini beradi. Shu bilan yo‘l harakati xodisasining oldini olish ko‘zda tutilgan. 

Aytish joizki, shahardagi markaziy ko‘chalarning o‘rtasiga panjaralar tortilgach, yo‘l chekkasi, ko‘chani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodalar umuman ko‘rinmay qolgan edi. Bu holat haydovchi uchun go‘yoki piyoda bexosdan chiqib kelayotgandek tasavvur uyg‘otar edi. 

Bundan tashqari, piyoda o‘tish joyi qarshisida to‘xtagan avtomobil ortida kelayotgan haydovchi ham oldini yaxshi ko‘rmas edi. Bunday oynalarning o‘rnatilishi bu kabi muammolarga barham beradi. 

Ma'lumki, 1 martdan boshlab, O‘zbekiston yo‘l harakati qoidalariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, piyodalar yo‘lni kesib o‘tayotganda diqqatni chalg‘ituvchi harakatlarni amalga oshirish, xususan, quloqchin taqib yurish, telefonda suhbatlashish mumkin emas.

Ko‘proq yangiliklar: