Bank ma'lumotlari bilan almashish tizimi SWIFT ikkinchi marta kiberhujumga uchraganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
SWIFT vakilining aytishicha, hujum tijorat bankiga uyushtirilgan. SWIFT’da ushbu hujumga bank xodimlari aloqador bo‘lishi mumkinligi aytildi. Hujum qanday yakunlangani ma'lum qilinmadi.
Fevralda xakerlar guruhi Bangladesh markaziy banki tizimini buzib kirishgandi. Ular bank hisob raqamlari haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritib, Bangladesh oltin-valyuta zaxiralari saqlanadigan Nyu-Yorkdagi federal zaxira bankidan markaziy bank hisob raqamlaridan Shalika Foundation notijorat tashkilotining Shri-Lanka va Filippindagi hisob raqamlariga pul o‘tkazishni so‘rashgan.
SWIFT’da navbatdagi hujum Bangladesh markaziy bankidagi o‘g‘rilik "yagona holat bo‘lmay, balki banklarga qarshi keng kampaniyaning bir qismi ekanligidan" darak berishi aytildi.