"Rostov"ning 11 futbolchisi "Dinamo"ga qarshi o‘yindan keyin doping nazoratdan o‘tkazish uchun olib ketildi

Sport 09:23 / 13.05.2016 3881

Rossiya chempionatining 28-turida "Dinamo"ga qarshi safarda kechgan uchrashuvdagi g‘alabadan so‘ng (3:1), o‘yin tugagani haqidagi hakam hushtagi yangrashi bilanoq "Rostov"ning maydondagi 11 nafar futbolchisi doping nazoratidan o‘tkazish uchun olib ketildi.

FIFA tibbiy departamentining rahbari Irji Dvorjakning ma'lum qilishicha, "Rostov" futbolchilarining tekshirilishi ularning meldoniy qabul qilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gaplardan keyin amalga oshirildi.

"Sport Ekspress"ning xabariga ko‘ra, donliklar uchun jamoa futbolchilari "Dinamo"ga qarshi o‘yindan keyinoq tekshiruvdan o‘tkazish uchun olib ketilishi kutilmagan holat bo‘lgan. FIFAning 3 nafar doping-ofitseri aynan shu o‘yin o‘tayotgan maydonga yuborilgan va doping-sinov jarayonini boshlashga kirishgan. Gap siydik analizini olish haqida ketgan.
Bu oldindan ogohlantirmagan holda doping nazoratidan o‘tkazish. "Rostov" futbolchilari meldoniy qabul qilgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan.

Xodimlarimiz "Dinamo"ga qarshi o‘yin vaqtida stadionda bo‘lishdi. Men "Rostov" jamoasi xavfsizlik xizmati va rahbariyatiga so‘ralgan yordamni ko‘rsatgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular barchasini to‘g‘ri tushunishdi.

Yaqin vaqtlar ichida teshiruv probalarini laboratiylardan biriga jo‘natamiz. Agar bojxonada muammolar tug‘ilmasa, juma kuni probalar laboratriyaga yetkaziladi, dushanba kuni natijalarni olamiz", - deya Dvorjakning so‘zlarini keltiradi TASS nashri.

"Rostov" klubi Moskvaning "Dinamo"ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 57taga yetkazib olib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi turda jamoa o‘z maydonida Yekaterinburgning "Ural" jamoasini qabul qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: