Xitoyda ko‘zi ojiz va qo‘li yo‘q ikki do‘st minglab daraxt ekdi

Jamiyat 22:12 / 13.05.2016 8215

Xitoyning Xebey viloyatida yashovchi ikki nogiron o‘z qishloqlarida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida birlashdilar. Ulardan biri – Tszya Xaiksa 2000 yilda ko‘r bo‘lib qolgan, ikkinchisi – Tszya Ventsi esa bolaligida qo‘llaridan ayrilib qolgan. Ular imkoniyatlari cheklanganiga qaramasdan, 13 yil ichida 10 mingdan ko‘proq daraxt ekishgan.

"Daraxtlar sekin-asta o‘sayotgan bir paytda men televizor orqali ijtimoiy dasturlarni tomosha qilayotganimda daraxtlar ekilishi havo sifati va butun atrof-muhitni yaxshilashidan xabardor bo‘ldim. Biz daraxtlar yetishtirdik va o‘z idrokimizni ham o‘zgartirdik", deb aytdi Tszya Ventsi NTD televideniyesiga bergan intervyuda.

Ko‘proq yangiliklar: