Fransiyada politsiya rekord darajadagi geroin partiyasini musodara qildi

Jahon 20:06 / 13.05.2016 18722

Fransiya politsiyasi mamlakat shimolidagi Somma departamentida rekord darajadagi geroin partiyasini musodara qildi. Musodara qilingan giyohvand modda partiyasi og‘irligi 260 kg ni tashkil qilgan. Bu haqda Europe 1 radiostansiya xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, giyohvand modda 12 may kuni kechki payt Flikskur shahridagi sanoat hududida topilgan. Politsiya xodimlari ma'lumotlariga ko‘ra, tortib olingan geroinning umumiy qiymati 4 mln yevroni tashkil qiladi. 

Radiostansiyaning ma'lum qilishicha, sanoat hududi xodimi geroinni Eronda ro‘yxatga olingan yuk mashinasidan avtomobil ehtiyot qismlarini tushirayotganda aniqlagan. Geroin o‘ramlari yuk mashinasi tubiga berkitilgan bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya o‘ramlarda geroin borligini o‘rnatgan. Topilgan giyohvand moddani ekspertizaga yuborish rejalashtirilgan.

Politsiya, shuningdek, yuk mashinasi haydovchisini ushlagan.

Ko‘proq yangiliklar: