Eron tomonidan yanvarda Eron suv hududlarida qo‘lga olingan amerikalik dengizchilar guruhi sardori o‘z lavozimidan olindi. Bu haqda 12 may kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlari bayonotida ma'lum qilindi.
Kommander Erik Rash o‘z majburiyatlaridan "uning qo‘mondonlik qilishga ishonchning yo‘qolgani" sababli ozod etildi. Ushbu qaror Fors ko‘rfazida yuz bergan voqeaning tergov qilinishi natijalariga ko‘ra qabul qilindi.
2016 yil 12 yanvarda AQShning ikkita harbiy kemasi eronlik harbiylar tomonidan ushlangan. Ikkita kater shatakka olinib, Forsi orolidagi bazaga jo‘natilgan.
Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Ali Fadaviyning ma'lum qilishicha, tergov davomida katerlardagi navigatsion qurilmalarning buzilib qolgani va shu sababli Eron suv hududlariga xatolik tufayli kirib qolgani aniqlangan.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSh hukumatidan rasmiy uzr so‘rashni talab qilgan, biroq Vashington buni qilishdan voz kechgan.
Eron davlat televideniyesi qo‘lga olingan amerikalik dengizchi tasvirlangan videoyozuvni namoyish qilgan. Unda amerikalik katerlarning Eron hududiga kirib qolgani uchun uzr so‘ragan.
13 yanvarda Eron barcha dengizchilarni qo‘yib yuborgan. Katerlar AQShga qaytirilmagan.