AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish zaruriyati to‘g‘risida Shimoliy Yevropaning besh nafar mamlakat yetakchilari bilan kelishuvga erishgani haqida ma'lum qildi, deb xabar beradi Reuters.
Shuningdek, davlat rahbarlari Boltiq dengizida rossiya harbiy kuchlarining mavjudligi hamda mamlakatning harbiy samolyot va kemalari soni tobora ortib borishi tashvishga solayotganini qayd etishdi.
Amerika prezidenti bilan bo‘lgan uchrashuvda Daniya, Shvetsiya, Islandiya, Norvegiya va Finlyandiya mamlakatlarining rahbarlari ishtirok etishdi.