AQSh xavfsizlik kuchlari AQSh prezidenti Barak Obamaning samolyoti turadigan AQSh dengiz aviatsiyasining birlashgan Endryus bazasini qurshab oldi. Bu haqda aviabazaning tvitterida ma'lum qilindi.
Favqulodda vaziyat aviabazaning nazorat-o‘tkazish punktiga kirib, tanasida bomba borligini aytgan ayol sababli yuz berdi.
Sanoqli soniyalarda bazaga asosiy kirish yo‘li qurshab olindi. Ayol hibsga olindi va tintuv qilindi. Uning tanasida hech qanday portlovchi modda aniqlanmadi.
Ayolning bunday qilishga nima undagani noma'lumligicha qolmoqda. Ayolni mahalliy politsiya so‘roq qilgan.
Endryus bazasi Vashingtonda, Oq uydan 24 km uzoqlikda joylashgan. Aviabaza aerodromidan AQSh prezident Barak Obama, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va mudofaa vaziri Eshton Karter jo‘naydilar. Bu yerga shuningdek boshqa davlatlar yetakchilari va diplomatlari samolyotlari ham qo‘nadi.