Jomboylik yigit terrorchilar haqida yolg‘on xabar tarqatdi

Jamiyat 20:35 / 12.05.2016 12507

Toshkentda vaqtinchalik ijarada yashovchi jomboylik X.Hoshimjon tanishidan qarz ko‘tarib, do‘konga kiradi va u yerdan spirtli ichimlik hamda yegulik olib, turgan joyiga ravona bo‘ladi. Ichkilik ichib, sarxush bo‘lgan Hoshimjon ermakka “antiqa” ish o‘ylab topadi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

U Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga “Chorsu” dehqon bozori atrofida rusumi va davlat raqami aniq bo‘lgan yengil avtomashinada hijobga o‘rangan shubhali bir ayol va uch erkak o‘qotar qurolga o‘xshash narsa bilan yurgani haqida xabar kelib tushdi. Xabar bergan shaxs o‘zining ism-sharifini aytib, telefon raqamini ham bildiradi. Bosh boshqarma xodimlari tomonidan avtomashinani tezda ushlash choralari ko‘riladi. Bu ishga Olmazor tumani IIB tergov-tezkor guruhi jalb etiladi. 

“Chorsu” bozoriga o‘rnatilgan videokameralarda esa bozor atrofida shubhali kishilar yurgani qayd etilmadi.

Tekshiruv va surishtiruvlarda xabar bergan shaxs bozor atrofidan emas, shaharning boshqa hududidan qo‘ng‘iroq qilgani, boshqa raqamli telefondan foydalangani aniqlandi. Tezkor xodimlar bu shaxsni darrov qo‘lga olishdi.
Moliyaviy hisob-kitoblarda ichki ishlar idoralari xodimlarini jalb etish va tadbirlarni o‘tkazish uchun salkam 18 mln so‘m mablag‘ sarflangani qayd etildi.

Yolg‘on xabar bergan Hoshimjon javobgarlikda tortildi.

Ko‘proq yangiliklar: