Yevropa futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (UYeFA) Rossiya terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa chempionatida rasmiy shiorini tasdiqladi. Unga ko‘ra «Bir kishi — hamma uchun, hamma — bir kishi uchun!» shiori g‘alaba qozondi.
Rasmiy shior UYeFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada muxlislar tomonidan berilgan ovozlar natijasida aniqlandi. Mazkur so‘rovnomada shuningdek «Yagona davlat, yagona oila, yagona jamoa» va «Bitta jamoa — millionlab uruvchi yuraklar» shiorlari ham nomzod sifatida qo‘yilgandi.
RFI prezidenti Vitaliy Mutko ham aynan shu shiorga ovoz berganini ta'kidlab o‘tdi.«Bizda oliy darajadagi yulduzlar yo‘q. Shu sababdan ham asosiy e'tiborni jamoaviy o‘yinga qaratishimiz kerak bo‘ladi. Bu shior aynan shunga mos keladi», — deya «Chempionat.com»ga intervyu berdi Rossiya sport vaziri.