Rembrandtning yerto‘ladan topilgan surati ilk bor ommaga ko‘rsatildi

Jamiyat 12:18 / 12.05.2016 3815

O‘tgan yili mashhur golland rassomi Rembrandtning eski suratlaridan biri AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi xonadonlardan biridagi yerto‘ladan topilgan edi. Ana shu surat 11 may kuni Kaliforniyadagi Getti galeriyasida keng omma e'tiboriga havol etildi.

Muzey saytining ma'lum qilishicha, 1624 yilda chizilgan “Hushsiz bemor” polotnosi 28 avgustga qadar “Besh hissiyot” seriyasiga kiruvchi boshqa bir rasm bilan yonma-yon qo‘yiladi. Shundan so‘ng, ko‘rgazma boshqa xalqaro ko‘rgazmalarga yo‘l oladi.

Yo‘qolgan shedevrning Nyu-Jyersida paydo bo‘lishini kutilmagan hol deb hisoblashmoqda. Kartina topilganida juda ayanchi holatda bo‘lgan. Uy egas noma'lum kartinani 800 dollar evaziga sotuvga qo‘ygan. Shundan so‘ng, mutaxassislar bu suratda gollandiyalik rassomning usullarini payqab qolishadi. Savdo yakunida parijlik kolleksionerlar 1,1 mln. dollar evaziga suratni sotib olishdi.

Ko‘proq yangiliklar: