Nevada shtati, shimoliy Las-Vegas shahrining sahro hududida Hyperloop vakumli poyezdi uchun ishlab chiqarilgan dvigatel sinovdan o‘tkazildi, deb yozadi The Wall Street Journal.
«Hyperloop – haqiqiy. U hayotga shu damning o‘zidayoq tadbiq etiladi», — deydi Hyperloop One kompaniyasining ijrochi direktori Rob Lloyd.
Uning qayd etishicha, kompaniyada 2020 yilga kelib mazkur transport turidagi harakatning faoliyat tizimini joriy etish rejalashtirilgan.