Buyuk Britaniya, AQSh, Shveytsariya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya Interpol bilan birgalikda dunyodagi birinchi xalqaro aksilkorruptsion markazni yaratadilar. Yangi tashkilotning bosh qarorgohi Londonda joylashadi, deb ma'lum qildi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron matbuot xizmati.
Ta'kidlanishicha, 12 mayda Londondagi aksilkorruptsion sammitda tashkilotning yaratilishi e'lon qilinadi.
"Ekspertlar, jumladan Jinoyatga qarshi kurashish milliy agentligi vakillari huquq-tartibot muassasalari va prokuraturalarga chegaralarga qaramasdan, korruptsion elitani tergov qilish va jazolash hamda o‘g‘rilangan mablag‘larni topishda yordam berishda xalqaro koordinatsiya va ko‘makni ta'minlaydilar", deb ta'kidlab o‘tdi Kemeron matbuot xizmati.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning o‘nlab, jumladan dengizorti hududlari daromadlar olgan aktivlar egalari haqidagi ma'lumotlarni oshkor qiladilar.
Gan shundaki, Buyuk Britaniyaning dengizorti hududlari (Britaniya Virginiya, Kayman va Bermud orollari) eng yirik ofshor hududlardan sanaladi.