Xitoy kompaniyasi Meizu’ning rasmiy distribyutori saytida JD.com internet-do‘koni Meizu M3 Note smartfonlarining "qo‘lbola usulda xalqaro proshivkaga qayta proshivkalangan yoki umuman proshivkalanmagan" xitoy versiyalarini sotib olishni taklif qilmoqda.
Do‘kon smartfonning xalqaro versiyasiga ega ekanligini ta'kidlamoqda.
Shuningdek, JD xabarida telefonlar buziladigan bo‘lsa ularni Rossiyada tuzatish mumkinligi aytilgan. Biroq agar smartfon Xitoyda sotib olingan bo‘lsa, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Biroq keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda smartfon sotilayotgani haqidagi xabar o‘chirib tashlandi, Meizu’da esa JD.com internet-do‘konida Meizu M3 Note smartfonining zavodda o‘rnatilgan xalqaro proshivkasiga ega rasmiy versiyasi 13 maydan sotilishi aytilgan.