«Gidromex» davlat kompaniyasi O‘zbekistonga daryo tubini chuqurlashtiruvchi 7ta kema yetkazib beradi

O‘zbekiston 15:07 / 12.05.2016 12707

Rossiya kompaniyasi yetkazib beradigan kemalarning mehnat samaradorligi 1600 kub m/soatdir. 

Rossiya OAV xabarlariga ko‘ra, ulardan O‘zbekistondagi kanallarni tozalashda foydalaniladi. 

Suv havzalari tubini tozalovchi uskunalar «Zavod Gidromexanizatsii» tomonidan ishlab chiqiladi va «Gidromex montaj» QKga (51 foiz Gidromex, 49 foiz O‘zbekiston hukumati) yetkaziladi.

«Gidromex» zavodi, avval ham O‘zbekistonning daryo tubini chuqurlashtiruvchi flotini yangilash dasturi doirasida 16 ta kemani yetkazib bergan edi. 

Umuman, 2020 yilgacha O‘zbekiston 30ga yaqin shunday texnikani xarid qilishni rejalashtirgan. Bunda, buyurtmachining talabiga ko‘ra, o‘zbek korxonasidagi mahalliylashtirish darajasi yiliga 10-15 foizga ortishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: