Garri Potterning yoshligidagi uy birinchi marotaba tashriflar uchun ochiladi

Jamiyat 20:46 / 12.05.2016 13172

Garri Potter yoshligidagi uy birinchi marotaba tashriflar uchun ochiladi, deb xabar bermoqda The Independent nashri. Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling tasvirlagan olamda bu uy Littl Uinging shahridagi ko‘chalardan birida joylashgan. Yosh sehrgar bu uyda Dursleylar oilasi bilan birga yashagan. 

Endi mashhur uyda Warner Bros. Studio Tour London ekskursiyasi doirasida bo‘lish mumkin. Uy sayyohlar uchun 27 maydan 6 iyungacha ochiq bo‘ladi. 

Warner Bros. kompaniyasida aytilishicha, bezakchi-rassomchilarga Dursleylar oilasi uchun eng xunuk mebel va pardalar topish juda qiziq bo‘ldi.

Tashrif buyuruvchilar Dursleylar oilasi kostyumlarini ko‘rishlari va Garri Potter Xogvartsdagi sehrgarlik maktabiga taklif qilingan maktublar qanday kelganini bilishlari mumkin bo‘ladi. 

2016 yilda Potterning sarguzashtlari haqidagi ilk film – "Garri Potter va falsafa toshi"ning namoyishiga 15 yil to‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: