Avvalroq Braziliya milliy kongressi quyi palatasida mamlakat prezidenti Dilma Russeff impichmenti bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tdi. Bunda prezident impichmenti tarafdorlari zarur bo‘lgan ovoz yig‘ishdi. Impichmentga 513 kongressmendan 367 nafari ovoz berdi. Impichment qabul qilinishi uchun 342 nafar ovoz kerak bo‘lgandi.
Prezident unga qarshi impichment jarayoni hech qanday asosga ega emasligini aytgan. Russeff, shuningdek, mamlakatda muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi imkoniyatini istisno qildi. "Men endi muddatdan avvalgi saylovlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqmayapman", deb aytdi Russeff.
Russeff o‘z lavozimi uchun kurashishga va'da berdi. "Men kurashni to‘xtatmayapman, u endigina boshlanmoqda", deb aytdi Russeff.